Jamiyat
Qishloq xoʻjaligi vazirligi tarmoqlarda tarqayotgan “1 kg paxta terimi uchun 1 800 soʻm pul toʻlanadi“ mazmunidagi xabarlarga javoban paxta terimining turli usullari uchun joriy yil uchun belgilangan narxlarni maʼlum qildi.
Unga koʻra:
- Mashina yordamida terilgan paxtaning 1 kg uchun – 1 373 soʻm;
- Qoʻl mehnati bilan terilgan paxtaning 1 kg uchun – 2 000 soʻm tavsiyaviy narx belgilangan boʻlib, terim vaqtida klaster, fermer xoʻjaligi rahbarlari va terimchilar oʻrtasida oʻzaro kelishuv asosida terim narxi mustaqil belgilash amaliyoti ham qoʻllaniladi;
- Shuningdek, paxta yetishtirish xarajatlarini qoplash maqsadida fermerlarga davlat byudjeti hisobidan 1 kilogramm paxta uchun 1 000 soʻm subsidiya ajratiladi.
Vazirlik shuningdek, paxta terimi narxlari jamoatchilikka faqat rasmiy axborot manbalari orqali yetkazilishini eslatib oʻtgan.
Siyosat
Sport
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
111651
Jamiyat
94645
Jamiyat
90635
Jamiyat
75154
Jamiyat
//
Izoh yo‘q