Jamiyat
Oʻzbekiston prezidenti marhum Rustam Qosimovni “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi.Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Unga koʻra, mamlakatimiz mustaqilligini va uning maʼnaviy asoslarini mustahkamlash, oʻzining katta bilim va salohiyati, tashabbuskorlik va tashkilotchilik fazilatlari bilan yurtimizda sogʻliqni saqlash, taʼlim-tarbiya, ilm-fan, diplomatiya, madaniyat va sport sohalarini rivojlantirish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga qoʻshgan ulkan hissasi, jamiyatimizda tinchlik va barqarorlik, millatlar va dinlararo doʻstlik va hamjihatlikni kuchaytirish, milliy va umumbashariy qadriyatlarni keng targʻib etish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash yoʻlida koʻrsatgan jonbozligi hamda tavalludining 70-yilligi munosabati bilan taniqli davlat va jamoat arbobi, olim va pedagog, marhum Qosimov Rustam Sobirovich “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi.
U Oʻzbekiston prezidentining Jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish masalalari boʻyicha davlat maslahatchisi vazifasida faoliyat yuritgan edi.
Siyosat
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
109962
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73399
Jamiyat
//
Izoh yo‘q