Jamiyat
Erkinjon Turdimov 27-avgustda bo‘lib o‘tgan forumda majburiy mehnat va majburiy obunaga yo‘l qo‘ygan maktab direktorlari ishdan olinishi haqida aytib o‘tdi.
“Birorta maktabda majburiy mehnat bo‘ladigan bo‘lsa, direktori ishdan olinishi kerak. Majburiy mehnatga chiqqan odamni ham ishdan olish kerak. Chunki uni majburlab chiqargan bo‘lsa, hech qanaqa huquqi yo‘q bo‘lsa, chalasavod bo‘lsa, “chiq” desa chiqib ketaversa, u qanaqa o‘qituvchi bo‘ladi?”, dedi Sirdaryo viloyati hokimi.
Viloyat hokimi obuna masalasiga ham to‘xtalib, “Birorta o‘qituvchi majburiy obuna bo‘ladigan bo‘lsa, maktab direktorini ishdan olaman. Obuna bo‘ladigan bo‘lsangiz, o‘zingiz obuna bo‘ling, o‘qituvchiga teginmang”, deya maktab direktorlariga murojaat qildi.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
112455
Jamiyat
95119
Jamiyat
91360
Jamiyat
76039
Jamiyat
//
Izoh yo‘q