Jamiyat
O‘zbekiston fuqarolari 2025-yil 25-sentyabrdan boshlab Iordaniyaga vizasiz borishi mumkin. Bu ma’lumotni Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burxonov tasdiqladi.
Uning aniqlik kiritishicha, O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasida vizasiz rejimni joriy etish to‘g‘risidagi bitim imzolanganidan 30 kun o‘tib, 25-sentyabrdan kuchga kiradi. O‘zbekistonliklar Iordaniyada 30 kungacha vizasiz qolishi mumkin bo‘ladi.
Bundan tashqari, tomonlar turizm sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim va havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi bayonnomani imzolagan. Xususan, Toshkent-Amman yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
112455
Jamiyat
95119
Jamiyat
91360
Jamiyat
76039
Jamiyat
//
Izoh yo‘q