Jahon
Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov “Tibbiyot sohasida mutaxassislar tayyorlashda davlat monopoliyasini joriy etish toʻgʻrisida“gi farmonni imzoladi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.
Hujjat tibbiyot va farmatsevtika sohasi kadrlarini tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga, shuningdek, sogʻliqni saqlash tizimidagi ustuvor muammolar boʻyicha keng qamrovli ilmiy tadqiqotlar olib borish, taʼlim tashkilotlari resurslaridan samarali foydalanish va ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga qaratilgan.
Qayd etilishicha, soʻngi yillarda taʼlim faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga ega xususiy tibbiyot muassasalari jadal suratlarda ortib bormoqda. Biroq ularning barchasida ham zarur klinik baza mavjud emas. Pedagoglar tarkibi boʻlsa malaka talablariga javob bermaydi. Oʻqitish minimal amaliy tayyorgarlik va rasmiy diplom berish bilan cheklanadi.
Buning oqibatida har yili yetarli bilim va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlmagan yuzlab mutaxassislar yetishib chiqadi, mamlakat tibbiy taʼlim tizimiga boʻlgan ishonch susayib, qirgʻiz diplomining xalqaro makondagi obroʻsiga putur yetadi.
Bu holat tibbiyot mutaxassislarini tayyorlashda tizimli inqirozlarga olib keladi, mamlakat sogʻliqni saqlash tizimida kadrlar yetishmovchiligi kuchayadi. Bu esa milliy xavfsizlikka xavf solib, noqonuniy migratsiya va chet ellik talabalarning noqonuniy ishlash holatlarini ortishiga sabab boʻladi.
Prezident farmoni bilan:
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
112455
Jamiyat
95119
Jamiyat
91360
Jamiyat
76039
Jamiyat
//
Izoh yo‘q