Jamiyat
2025-yil oxirigacha Toshkent metropolitenida kassa operatori va katta operator lavozimi shtatlari to‘liq tugatiladi, deya xabar qilmoqda metropoliten axborot xizmati.
Qayd etilishicha, hozirda yo‘l haqini to‘lashning 10 dan ortiq turi mavjud. Ayni vaqtda, ko‘plab bekatlarda chipta sotib olish uchun avtomatlashtirilgan bankomatlar o‘rnatilmoqda.
“Natijada kassa operatori lavozimidagi xodimlarga bo‘lgan talab kamayib, hozirda yopilgan kassalardagi operator lavozimi ish o‘rinlari bosqichma-bosqich qisqartirilmoqda. Jumladan, birinchi bosqichda 204 ta kassa operatori lavozim shtati qisqartirildi”, — deyiladi xabarda.
Reja o‘laroq, avtomatlashtirilgan bankomatlarning metropolitendagi barcha bekatlarda yil yakuniga qadar o‘rnatish kutilmoqda. Shunga parallel tarzda kassa operatori va katta operator lavozimlari to‘liq tugatiladi.
Lavozimi qisqartirilayotgan xodimlarga, va’da qilinishicha, o‘z istak va imkoniyatlaridan kelib chiqib, buxgalteriya, tikuvchilik, qandolatchilik kabi yo‘nalishlar bo‘yicha kasb-hunar o‘rganish kurslarida o‘qish taklif qilinadi. Kurslar to‘lovini “Toshkent metropoliteni” DUK to‘liq qoplaydi.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
112455
Jamiyat
95119
Jamiyat
91360
Jamiyat
76039
Jamiyat
//
Izoh yo‘q