ChatGPT amerikalik oʻsmirga “suiqasd boʻyicha instruktor” vazifasini oʻtadi

Saqlash
18:31 / 28.08.2025 165 0

AQSHda ChatGPT bilan suhbatidan keyin oʻz joniga qasd qilgan 16 yoshli oʻsmirning ota-onasi OpenAI tomonidan ishlab chiqarilgan chat-bot va uning bosh direktori Sem Altmanni sudga berdi, deya xabar berdi Reuters va NBC News nashrlari. Oʻsmir ota-onasining fikricha, kompaniya 2024-yilda neyrotarmoqning yangi GPT-4o modelini ishga tushirganida bila turib daromadni xavfsizlikdan ustun qoʻygan.

 

San Fransisko sudiga berilgan daʼvoga koʻra, 16 yoshli Adam Reyn bir necha oy davomida ChatGPT bilan oʻz joniga qasd qilish haqida suhbatlashganidan keyin 11-aprel kuni suiqasd qiladi. Adam vafotidan keyin uning ota-onasi Metyu va Marii Reyn farzandining telefonidan oʻlimiga sabab izlagan.

 

“Biz Snapchatʼdagi suiqasdlarni, internet qidiruv tarixini yoki shu bilan bogʻliq gʻalati kultni qidirmoqchi edik”, deydi Adamning otasi. Biroq ular ChatGPTʼni topgunga qadar muammoga javob topolmagan.

 

Aniqlanishicha, Adam soʻngi haftalarda ChatGPTʼni insoniy muloqot oʻrnini bosuvchi vosita sifatida qoʻllab, u bilan muammolarini muhokama qilgan, uy vazifalari boʻyicha yordam olgan. Oxir oqibat, chat-bot “suitsid boʻyicha instruktor“ vazifasini oʻtagan. “Agar ChatGPT boʻlmaganimga oʻgʻlim shshu yerda boʻlardi. Bunga 100% ishonchim komil”, deydi Metyu Reyn.

 

Daʼvoda shuningdek, ChatGPT Adamga suitsid usullarini oʻrgatish boʻyicha faol yordam berib kelgani taʼkidlangan. Oʻsmir “shu kunlarda” joniga qasd qilishini aytganida seansni tugatmagan yoki biron favqulodda protokol ham boshlamagan. Bundan tashqari, chat-bot joniga qasd qilish haqida eslatma tuzish boʻyicha yordam ham taklif qilgan. Oʻsmir oʻlimidan bir necha soat oldin suiqasd qilish rejasi bilan bogʻliq rasmlarni yuborib, bu reja ish beradimi, deya chat-bot bilan maslahatlashgan. Bot esa rejani “mukammallashtirish“ boʻyicha yordam taklif qilgan.

 

Adamning ota-onasi farzandining oʻlimida OpenAI, chat-bot kamchiliklari, shuningdek, xavfdan ogohlantirmagan kompaniyani ayblamoqda. Daʼvogarlar kompaniya chat-bot foydalanuvchilari yoshini tekshirishini, oʻz-oʻziga zarar yetkazish boʻyicha soʻrovlarni rad etishini va foydalanuvchilarni psixologik qaramlik xavfi haqida ogohlantirishini xohlamoqda.

 

OpenAI boʻlsa bola oʻlimidan qaygʻuda ekanini va ChatGPT inqirozli vaziyatlarda yordam liniyasiga yuborish kabi ehtiyot choralarini koʻrganini aytmoqda.

 

“Biz instrumentlarimizdan foydalanayotgan odamlar oldida javobgarligimizdan kelib chiqib, mutaxassislar boshchiligida chat-botni mukammallashtirishda davom etamiz” — deyiladi OpenAIʼning 26-avgust kuni chop etilgan bayonotida.

 

Kompaniya ota-onalarga farzandlarining ChatGPTʼdan qanday foydalanayotgani haqida koʻproq axborotga ega boʻlish imkonini beruvchi “Ota-ona nazorati” funksiyasini ishga tushirishni vaʼda berdi. Biroq bayonotda Adam Reyn bilan sodir boʻlgan voqea toʻgʻridan toʻgʻri qayd etilmagan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//