
Siyosat
Paolo Zampolli 28-avgust kuni AQShning Global hamkorlik boʻyicha maxsus vakili sifatidagi ilk rasmiy xorijiy safari doirasida Oʻzbekistonga tashrif buyurdi. Bu haqda Gazeta nashriga AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi maʻlum qildi.
“Maxsus vakil Zampolli prezident Tramp va Amerikaning global hamkorligini mustahkamlash borasidagi dadil gʻoyalarini ilgari surmoqda. Uning vazifasi aniq: Amerika yutuqlarini targʻib qilish, Qoʻshma Shtatlarni dunyodagi eng buyuk davlatga aylantirgan qadriyatlarni olgʻa surish hamda AQSh diplomatiyasining kuchi va salohiyatini qoʻllab-quvvatlaydigan mustahkam aloqalarni oʻrnatish”, – deyiladi xabarda.
Ushbu tashrif davomida maxsus vakil Zampolli prezident Shavkat Mirziyoyev bilan birga Oʻzbekistonning Mustaqillik kunini nishonlaydi. U shuningdek, AQSh elchisi Jonatan Xenik bilan birga AQSH va Amerika qadriyatlarini oʻrganish uchun yangi markaz boʻlgan American Corner Tashkentʻning tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.
Maxsus vakil Oʻzbekistonning Olimpiya oʻyinlari gʻoliblari bilan uchrashadi va Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasini 2026-yilgi FIFA Jahon chempionatida ishtirok etish uchun Amerika Qoʻshma Shtatlariga tashrif buyurishi bilan qutlaydi.
“Bu yil Toshkentda oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Mustaqillik kuni tantanalarida AQSHning eng yuqori darajadagi vakil qatnashishidan mamnunmiz. Maxsus vakil Zampollining tashrifi oʻzgarmas haqiqatni yana bir bor tasdiqlaydi: Qoʻshma Shtatlar oʻzaro hurmat, farovonlik va muvaffaqiyatli kelajakka sodiq boʻlgan ishonchli hamkor sifatida Oʻzbekistonga yelkadoshdir”, – dedi elchi Jonatan Xenik.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q