Senat raisi marhum fan va madaniyat arboblarining oilalariga davlat mukofotlarini topshirdi

Saqlash
12:02 / 28.08.2025 45 0

 

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 34-yilligiga bagʻishlangan tadbirlar doirasida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva Prezidenti farmoni bilan vafotidan soʻng davlat mukofotlari bilan taqdirlangan taniqli olim, yozuvchi va shoirlarning oila aʼzolari xonadonlarida boʻldi.

 

Tadbir davomida Senat Raisi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenini:

 

Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, adib Vali Gʻafurov;

 

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, adabiyotshunos olim, tarjimon Toʻxtasin Jalolov;

 

Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi, jadidshunos olim Begali Qosimov;

 

Oʻzbekiston Respublikasi xalq shoiri Quddus Muxamedov (Quddus Muhammadiy);

 

Oʻzbekiston Respublikasi xalq shoiri Tursunali Parfiyev (Rauf Parfi);

 

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, adabiyotshunos olim Alibek Rustamov (Alibek Rustamiy);

 

Oʻzbekiston Respublikasi xalq shoiri Muhammadjon Yusupovning (Muhammad Yusuf) oila aʼzolariga topshirdi.

 

Xonadonlarga tashrif davomida ularning yaqinlariga Oʻzbekiston ilm-fani, adabiyoti va madaniyatini rivojlantirishga, jamiyatda mehr-oqibat, adolat va maʼnaviy yuksalish tamoyillarini qaror toptirishga qoʻshgan hissasi uchun chuqur hurmat va minnatdorlik bildirildi.

 

Oʻz navbatida, mukofotlanganlarning oila aʼzolari mamlakat Prezidentiga ushbu ulugʻ zotlarning mehnati va xizmatlari yuksak baholangani, Oʻzbekistonda avlodlar madaniyati va xotirasiga eʼtibor va gʻamxoʻrlik koʻrsatilayotgani uchun tashakkur bildirdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//