
Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-avgust kuni rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻlib turgan Yaponiya tashqi ishlar vaziri Takeshi Ivaya boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston-Yaponiya strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Faol muloqotlar davom etayotgani va amaliy hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. Bugun oʻtkazilgan ikki mamlakat tashqi ishlar vazirlarining Strategik muloqoti birinchi yigʻilishining samarali natijalari yuksak baholandi.
Tomonlar siyosiy muloqotni chuqurlashtirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik va madaniy-gumanitar hamkorlikning aniq loyihalarini ilgari surishga alohida eʻtibor qaratdi.
Oʻzbekiston-Yaponiya markazi faoliyatini kengaytirish va kelgusida uning negizida Yaponiyaning yetakchi universitetlari ishtirokida qoʻshma universitet tashkil etish rejasi qoʻllab-quvvatlandi.
Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar, shu jumladan “Markaziy Osiyo + Yaponiya” formatidagi boʻlajak sammitni oʻtkazish yuzasidan ham fikr almashildi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q