Jamiyat
O‘zbekistonda 2025-yil 1-noyabrdan ishsizlik nafaqasini to‘lash tartibi o‘zgarmoqda.
Qayd etilishicha, ishsizlik nafaqasi faqat mehnat shartnomasi bekor qilingan shaxslarga to‘lanadi. Endi ishsizlik nafaqasi so‘nggi 5 yilda kamida 18 oy ishlagan shaxslarga beriladi. Buning uchun ular mehnat shartnomasi bekor qilingandan so‘ng 6 oy ichida murojaat qilishi lozim.
Nafaqa oxirgi 18 oylik o‘rtacha ish haqi hisobidan 3 oy davomida to‘lanadi. 1-oyda o‘rtacha oylik ish haqining 75 foizi, lekin mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3 baravaridan oshmagan miqdorda, 2- va 3-oylarda esa o‘rtacha oylik ish haqining 50 foizi, lekin mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3 baravaridan oshmagan miqdorda to‘lanadi.
Ishsizlik nafaqasini takroran belgilashda dastlabki tayinlangan nafaqani olish muddati tugagandan so‘ng, qo‘shimcha ravishda kamida 12 oylik ish staji talab etiladi.
Jamiyat
Madaniyat
Jahon
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
109702
Jamiyat
94089
Jamiyat
89871
Jamiyat
73042
Jamiyat
//
Izoh yo‘q