Jamiyat
Toshkent viloyatidagi qator vaqtincha saqlash hibsxonalari faoliyati tugatildi, deya xabar bermoqda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, ombudsmanning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili hamda jamoatchilik guruhlari iyun oyida Quyi Chirchiq va Chinoz tumanlari IIB vaqtincha saqlash hibsxonalariga monitoring tashriflarini o‘tkazgan.
Shundan so‘ng aniqlangan kamchiliklar yuzasidan ichki ishlar vaziriga ombudsman taqdimnomasi kiritilgan.
Ombudsmanga ma’lum qilinishicha, ichki ishlar vazirining 21-iyuldagi tegishli buyrug‘i bilan shaxslarni saqlashning sanitariya-gigiyena qoidalari talablariga zid bo‘lgan Chinoz, Qibray va Yuqori Chirchiq tumanlaridagi vaqtincha saqlash hibsxonalari faoliyati tugatildi.
Quyi Chirchiq tumani IIB vaqtincha saqlash hibsxonasiga esa ventilyatsiya tizimi va radioeshittirish qurilmasi o‘rnatilgan va kameralar kerakli anjomlar bilan jihozlangan. Sayr qilish hovlisi va sanitariya tarmoqlari (hojatxona, yuvinish joyi)da ta’mirlash ishlari olib borilib, gigiyena talablariga muvofiqlashtirilgan.


Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
112455
Jamiyat
95119
Jamiyat
91360
Jamiyat
76039
Jamiyat
//
Izoh yo‘q