Qaytish chiptasini avtomatik bekor qilish amaliyoti tugatiladi

Saqlash
13:05 / 27.08.2025 60 0

Raqobat qo‘mitasi ko‘rsatmasiga asosan Uzbekistan Airways mahalliy yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashish qoidalarini o‘zgartirmoqda. Endi ikki tomonlama chipta xarid qilgan yo‘lovchi birinchi parvozdan foydalanmagan taqdirda qaytish chipta­si avtomatik bekor qilinmaydi.

 

Jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan tartibga ko‘ra, ikki tomonlama chipta xarid qilgan yo‘lovchi birinchi parvozdan foydalanmagan taqdirda qaytish chipta­si avtomatik bekor qilinadi.

 

Uzbekistan Airways ham 2011-yilda Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan qoidalarga muvofiq shu tartibda faoliyat yuritib kelayotgan edi.

 

Endilikda, Raqobat qo‘mitasi ko‘rsatmasiga binoan, mahalliy yo‘nalishlarida mazkur amaliyotga o‘zgartirish kiritilmoqda. Agar yo‘lovchi parvozdan voz kechsa yoki birinchi uchastkada ro‘yxatdan o‘tishga kelolmasa, bu haqda oldindan agentlikka xabar bergan taqdirda chipta qayta rasmiylashtiriladi yoki dastlabki shartlarga muvofiq pul qaytariladi.

 

Shuningdek, agar yo‘lovchi birinchi uchastkaga chiqmagan bo‘lsa ham, chipta keyingi uchastkalarda (qaytishda) amal qiladi. Biroq foydalanilmagan uchastka bo‘yicha chipta qiymatining 100 foizi jarima sifatida ushlab qolinadi. Shu bilan birga, dastlabki chiptada ko‘rsatilgan aeroport va aviakompaniya yig‘imlari qaytariladi yoki qayta rasmiylashtiriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//