Jamiyat
Toshkent shahridagi Paeonnis klinikasida voyaga yetmagan bola 25 avgust kuni operatsiya jarayonida vafot etgan edi. Bosh prokuratura matbuot kotibi xabariga ko‘ra, holat bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.
“Holatga aloqador shaxslarni batafsil so‘roq qilish, yuzlashtirish, ko‘p vaqt talab qilinadigan murakkab ekspertizalar tayinlash va boshqa bir qator tergov harakatlarini o‘tkazmasdan qonuniy to‘xtamga kelish imkoni yo‘qligi sababli Jinoyat kodeksining 116-moddasi (Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Barcha zarur tergov harakatlari o‘tkazilganidan so‘ng ish bo‘yicha qonuniy to‘xtamga kelinadi”, deyiladi xabarda.
2016-yilda tug‘ilgan bola o‘limdan bir hafta avval ushbu klinikada tibbiy ko‘rikdan o‘tgan. So‘ngra, burun sohasida o‘tkazilgan rinoplastika jarrohlik amaliyotidan tirik chiqmagan.
Barcha zarur tergov harakatlari o‘tkazilganidan so‘ng ish bo‘yicha qonuniy to‘xtamga kelinadi, deyiladi xabarda.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
112455
Jamiyat
95119
Jamiyat
91360
Jamiyat
76039
Jamiyat
//
Izoh yo‘q