Migratsiya agentligi Koreyaga ishga yuborish bo’yicha ishlagan barcha xodimlarni o‘zgartirdi

Saqlash
09:15 / 27.08.2025 45 0

Migratsiya agentligi markaziy apparati binosi Migratsiya agentligi tizimidagi ikki xodim Koreyaga ishga yuborish va’dasi bilan odamlardan pul olgani holatiga agentlik rasmiy munosabat bildirdi.

 

Avvalroq Davlat xavfsizlik xizmati hozircha ikki nafar a’zosi aniqlangan jinoiy guruh o‘tgan yili 80 dan ortiq odamdan jami 700 ming dollardan ziyod pul olganini xabar qilgandi.

 

Migratsiya agentligi bayonotida aytilishicha, agentlik 2024-yil oktabrida qayta tashkil etilib, Vazirlar Mahkamasi huzuriga o‘tkazilganidan to bugungi kungacha Koreyaga E-9 vizasi uchun hech qanday tanlovlar o‘tkazilmagan.

 

“Ayrim xodimlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklardan keyin, Migratsiya agentligi faoliyatida Janubiy Koreyaga yuborish bilan bog‘liq kadrlar, shu jumladan, Seuldagi vakolatxonasida faoliyat yuritgan barcha xodimlar to‘liq o‘zgartirildi”, – deyiladi xabarda.

 

Tashkilot o‘z kasbiga xiyonat qilib, fuqarolarning ishonchi va haq-huquqlarini suiiste’mol qilgan shaxslarning harakatlarini keskin qoralashini bildirgan.

 

“Agar faoliyatimiz bilan bog‘liq shubhali holatlar yoki qoidabuzarliklarga guvoh bo‘lsangiz, Migratsiya agentligining Komplayens xizmatiga darhol, 71–202–44–11 telefon orqali yoki 12-82 qisqa raqam orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz”, – deyiladi rasmiy munosabatda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//