
Jamiyat
Bugun, 26-avgust kuni Yoshlar ishlari agentligida mamlakat mustaqilligining 34-yilligiga bagʻishlab tashkil etilgan “Eng ulugʻ, eng aziz” tanlovi respublika bosqichi gʻoliblarini tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Unda gʻolib ijodkorlar taqdirlanishi bilan birga, estrada xonanandalari ham oʻz chiqishlari bilan ishtirok etdi.
Mazkur tanlov Prezidentning 2025-yil 10-iyulda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz toʻrt yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli bayoni ijrosi doirasida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” bosh gʻoyasi asosida oʻtkazigan tanlov Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi bosh tashkilotchiligida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Kinematografiya agentligi, Respublika “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, Badiiy akademiya, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi hamda Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamkorligida tashkil etilgan.
Tanlovda yettita nominatsiya boʻyicha jurnalistikaning turli yoʻnalishida foaliyat yuritayotgan mutaxassislar 3 ta faxrli oʻrinda, pul mukofotlari, sertifikat va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Gʻoliblar orasidan shuningdek, Oyina.uz portali jamoasi ham Internet jurnalistikasi nominatsiyasi boʻyicha ikkinchi oʻringa loyiq topilib, taqdirlandi.
Qayd etilishicha, bu yilgi tanlovda 366 nafar ijodkor oʻzining 2 mingga yaqin ijodiy ishi bilan qatnashgan.
Jamiyat
Madaniyat
Siyosat
Sport
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q