31-avgustdan 2-sentabrgacha teatrlarda “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tadi

Saqlash
17:29 / 26.08.2025 105 0

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlab 31-avgustdan 2-sentabrga qadar mamlakat teatrlarida “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.

 

Ushbu kunlarda quyidagi konsert dasturlari hamda spektakllarni bepul tomosha qilish mumkin:

 

31-avgust kuni:

  • “Там где поёт Легар” gala-konserti, 18:30 da — Oʻzbekiston Davlat Musiqali Komediya (Operetta) Teatri.

 

1-sentyabr:

 

  • “Shaddod ona”, 17:00 da — Oʻzbek Milliy akademik drama teatri;
  • “Tumor” raqs ansambli konserti, 18:00 da — Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri;
  • “Usmon Nosir”, 18:00 da — Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik musiqali teatri;
  • “Besh xotinning Afandisi”, 16:00 da — Oʻzbekiston davlat satira teatri;
  • “Zumrad va Qimmat”, 12:00 da — Respublika yosh tomoshabinlar teatri;
  • “Karvonsaroy”, 12:00 da — O‘zbek Milliy qo‘g‘irchoq teatri;
  • “Bir qadam yoʻl”, 18:00 da — Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri;
  • “Sohibjamol va maxluq”, 11:00 da — Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatri;
  • “Sehrli uzuk”, 11:00 da — Qoraqalpoq davlat qo‘g‘irchoq teatri;
  • “Mirzo Ulugʻbek”, 11:00 da — Andijon viloyati musiqali drama teatri;
  • “Kunduzsiz kechalar”, 11:00 da — Andijon viloyat Yoshlar teatri;
  • “99 tilla tanga”, 10:00 da — Andijon viloyati qo‘g‘irchoq teatri;
  • “Buxoroga sayohat”, 11:00 da — Buxoro viloyati musiqali drama teatri;
  • “Farhodning jasorati”, 11:00 da — Buxoro viloyati qo‘g‘irchoq teatri;
  • “Bahodir”, 17:00 da — Jizzax viloyat musiqali drama teatri;
  • “Botir bola”, 10:00 da — Jizzax viloyat qo‘g‘irchoq teatri;
  • “Allomaning yoshligi”, 11:00 da — Navoiy viloyati qo‘g‘irchoq teatri;
  • “Bu chollar ajib chollar”, 11:00 da — Namangan viloyati musiqali drama teatri;
  • “Gul va Bulbul”, 11:00 da — Namangan viloyati qo‘g‘irchoq teatri;
  • “Behbudiy”, 18:00 da — Samarqand viloyati musiqali drama teatri;
  • “Упрямая принцесса”, 11:00 da — Samarqand viloyati rus drama teatri;
  • “Ali Qushchi”, 11:00 da — Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri;
  • “Davr o‘g‘loni”, 14:30 da — Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri;
  • “Insonlikka nomzod”, 11:00 da — Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri;
  • “Andishali kelinchak”, 11:00 da — Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri;
  • “Shiroq”, 10:00 da — Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri;
  • “Shum bola”, 11:00 da — Farg‘ona viloyati musiqali drama teatri;
  • “Nasriddinning besh xotini” (rus tilida), 13:00 da — Farg‘ona viloyat rus drama teatri;
  • “Sehrli tush”, 11:00 da — Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri;
  • “Ikki qalb nolasi”, 11:00 da — Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatri;
  • “To‘da”, 14:00 da — Qoʻqon shahar musiqali drama teatri;
  • “Uyg‘on bolam”, 11:00 da — Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri;
  • “Temurbekning bolaligi”, 11:00 da — Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri;
  • “Sulton Jaloliddin”, 16:00 da — Xorazm viloyati musiqali drama teatri;
  • “Jaloliddin Manguberdi”, 11:00 da — Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq  teatri.

 

2-sentyabr kuni:

 

  • “Bir kuni Nasriddin”, 17:00 da — Oʻzbekiston davlat satira teatri.

 

Vazirlik shuningdek, taklifnomalarni teatr kassalaridan olinishi, ularning soni cheklanganini ham eslatob oʻtgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//