Siyosat
26-avgust kuni davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonga kelgan Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning birgalikdagi muzokaralari Samarqand shahridagi Kongress markazida boʻlib oʻtdi.
Tashrif doirasida 15 ta, jumladan:
- Ekstraditsiya toʻgʻrisida bitim;
- Investitsiyalarni oʻzaro ragʻbatlantirish va himoya qilish toʻgʻrisida bitim;
- Qoʻshma komissiya tuzish toʻgʻrisida bitim;
- Viza talablarini bekor qilish toʻgʻrisida bitim;
- Oliy taʼlim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
- Turizm sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
- Havo qatnovi toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida bayonnoma;
- Tovarlar va transport vositalari harakati toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumotlarni onlayn almashish toʻgʻrisida bayonnoma;
- Qishloq xoʻjaligi sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
- Oʻsimliklar karantini va himoyasi sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
- Veterinariya sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
- Standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasida memorandum;
- din ishlari boʻyicha anglashuv toʻgʻrisida idoralararo memorandumlar;
- Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II ibn al-Husaynning davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi boʻyicha ikki tomonlama hujjat imzolandi.
Muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Prezidenti va Iordaniya Podshohi Sheriklik munosabatlarini mustahkamlash toʻgʻrisida qoʻshma bayonot qabul qildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Madaniyat
Jamiyat
110847
Jamiyat
94466
Jamiyat
90389
Jamiyat
74319
Jamiyat
//
Izoh yo‘q