Siyosat
26−27-avgust kunlari Yaponiya tashqi ishlar vaziri Takeshi Ivaya Oʻzbekistonda boʻladi. Bu haqda mamlakat TIV saytida eʼlon qilingan.
Oʻzbekistonga tashrif 26−27-avgust kunlari boʻlib oʻtishi haqida qayd etilgandi.
Bu uning Yaponiya tashqi ishlar vaziri sifatida mamlakatga soʻnggi uch yildagi birinchi tashrifi boʻlishi haqida soʻz borgan.
Vazir Markaziy Osiyoga safarini Qozogʻistondan boshladi. Ostonada Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Yaponiya TIV rahbarini qabul qildi va Yaponiyani “Osiyodagi ishonchli va yaqin hamkor” deb atadi.
Oʻzbekistonga tashrif doirasida tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash, “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqot sammitini oʻtkazish va boshqa xalqaro masalalar boʻyicha uchrashuvlar oʻtkazish reja qilingan.
Shuningdek, Samarqand shahriga tashrif va viloyat hokimligi rahbariyati bilan uchrashuv oʻtkazilishi ham ma‘lum qilingan.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
112455
Jamiyat
95119
Jamiyat
91360
Jamiyat
76039
Jamiyat
//
Izoh yo‘q