Ilm-fan
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari bilan 4 ta pedagogika oliygohiga rektor tayinlandi, deb xabar bermoqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi.
Xususan:
Yo‘ldoshev Maqsudjon Abdullayevich Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori etib tayinlandi. U bunga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Pedagog kadrlarni tayyorlash va kasbiy rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Toshkenboyev Ulug‘bek Nig‘matovich Toshkent shahridagi “A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasi filialining ijrochi direktori etib tayinlandi. U avval Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri maslahatchisi edi.

Saidov Mash’al Samadovich Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektori etib tayinlandi. U bunga qadar Alfraganus universitetida Menejment va marketing kafedrasi mudiri edi.

Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali direktori sifatida ishlab kelayotgan O‘roqov Sherzod Rahmonovich Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti rektori etib tayinlandi.

Jamiyat
Madaniyat
Jahon
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
109702
Jamiyat
94089
Jamiyat
89871
Jamiyat
73042
Jamiyat
//
Izoh yo‘q