“Vatan” qo‘shiqlar to‘plami premyerasi bo‘lib o‘tdi

Saqlash
18:49 / 25.08.2025 118 0

Bugun Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan yaratilgan “Vatan” qo‘shiqlar to‘plamining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

 

Unda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbariyati va xodimlari, vazirliklardan vakillar, ziyolilar, folklorshunos olimlar, jurnalist va blogerlar, san’atkorlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

 

 

 

Tadbir avvalida Markaz rahbari Otabek Hasanov yig‘ilganlarni Mustaqilligimizning 34 yilligi bilan tabriklab, loyiha maqsadiga to‘xtalib o‘tdi.

 

 

“Biz qo‘shiqlarimiz bilan yoshlarimiz, yurtdoshlarimiz, xorijdagi vatandoshlarimizning qalbidagi Vatanga bo‘lgan muhabbatini so‘zlarda ifodalashga harakat qildik. Vatanga muhabbat - eng katta kuch. Mana shu kuchni his qilsak, birlashtirsak, yanayam katta kuchga aylanamiz. Umid qilamizki, sizlar bilan bunga erisha olamiz”, deydi Otabek Hasanov.

 

 

Shundan so‘ng to‘plamdagi qo‘shiqlar xonandalar tomonidan ijro etildi. Qo‘shiqlarga ishlangan sahna ko‘rinishlari, she’riy chiqishlar, muxlislar bilan o‘tkazilgan sovrinli o‘yinlar tadbirga baland ruh bag‘ishladi.

 

 

 

 

 

 

Eslatib o‘tamiz, to‘plamdan:

▪️ “Ona yerim” (so‘z: Muhammadsiddiq, ijrochilar: Hayriniso Akbarova, Qosim Muinov);

▪️ “Millatim” (So‘z: Nurmuhamamd Zoir, ijrochi: Davlatshoh Hamroqulov);

▪️ “O‘zbegim” (so‘z: Eshqobil Shukr, ijro: Abror Do‘stov);

▪️ “Botirlar qo‘shig‘i” (so‘z: Farrux Jabborbek, ijro: Mirshod Elov);

▪️ “O‘zbekiston taqdirim” (So‘z: Shahnoz, ijro: Setora” guruhi);

▪️ “Olg‘a, O‘zbekiston” (so‘z: Shahnoz, ijro: Shahnoz, FarruxFazel, Jenisbek Piyazov va “Setora” guruhi) taronalari joy olgan.

 

 

Qo‘shiqlarning barchasi faqat o‘zbek milliy cholg‘u-sozlari, qadim turkiy musiqalar, baxshichilik ohanglari zamonaviy yo‘nalish bilan omuxta qilingan tarzda yaratilgan. Ularda xalqimizning o‘zligi, shonli tarixi, ezgu qadriyatlari, yangi milliy ruhiyat va umummilliy birdamlikni tarannum etilgan.

 

 

Musiqalar premyeradan so‘ng 170 dan ziyod musiqiy platformalarda, jumladan, Yandex Music, Apple Music, Spotify, YouTube kabilarda e’lon qilinadi. Shuningdek, radio va televideniyeda ham namoyish etiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//