Jamiyat
Prezident Farmoni bilan Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi negizida O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi tashkil etiladi.
Farmonga ko‘ra, 2025 yil 1 oktyabrdan:
▪️sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash Akademiyaning 6 oylik kasbiy qayta tayyorlash kurslarida davlat granti asosida tashkil etiladi;
▪️kurslarga qabul qilingan shaxslar ularning egallagan lavozimi butun o‘qish davri mobaynida saqlanadi;
▪️ o‘qish davrida tinglovchilarga sudya yordamchisining 1 oylik mehnatiga haq to‘lash fondi miqdorida har oyda stipendiya to‘lanadi;
▪️kursga qabul qilish quyidagilardan iborat tanlov asosida amalga oshiriladi:
▫️psixologiya,
▫️chet tillari;
▫️sud ixtisosligi bo‘yicha test sinovlari;
▫️yozma imtihon;
▫️yakka tartibdagi suhbat.
Yakuniy attestatsiya imtihoni natijalariga ko‘ra, kursni tamomlagan bitiruvchilar arizasiga asosan bo‘sh sudyalik lavozimlariga o‘tkaziladigan tanlovlarda ishtirok etadi.
O‘qish dasturini o‘zlashtirmagan va yakuniy attestatsiya imtihonidan o‘tmagan tinglovchilar, bo‘sh sudyalik lavozimiga 3 yilgacha muddatda ariza topshirmagan yoki taklif etilgan sudyalik lavozimini egallashni rad etgan bitiruvchilar olingan stipendiya summasini to‘liq miqdorda qoplab beradi.
Siyosat
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
109962
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73399
Jamiyat
//
Izoh yo‘q