Bugundan boshlab harorat yana ko‘tariladi

Saqlash
10:53 / 25.08.2025 58 0

O‘zgidromet 29-avgustgacha bo‘lgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

 

Unga ko‘ra, o‘tgan dam olish kunlari kuzatilgan qulay harorat fonidan so‘ng, bugundan boshlab O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo harorati ko‘tarila boshlaydi va ish haftasi davomida +36– +39 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda +40 darajagacha bo‘ladi.

 

Ushbu kunlarda respublika hududi bo‘yicha kam bulutli va quruq ob-havo qayd etiladi.

 

Shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.

 

Toshkentda: havo ochiq va quyoshli bo‘ladi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kunduzi +36– +39 daraja, kechasi +21– +24 daraja bo‘ladi.

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//