
Jamiyat
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi 22-avgust kuni “Veolia Energy Tashkent” taklifini ma’qullash to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Unga ko‘ra, Toshkent shahrida issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi hisobot ma’lumot uchun qabul qilingan.
“Veolia Energy Tashkent” MCHJ XK tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga muvofiq markaziy isitish va issiq suv yetkazib berish xizmatlari uchun quyidagilar taklif etilgan:
▪️ bazaviy tarif (QQSsiz) – 711 641 so‘m/Gkal;
▪️ aholi uchun (QQSsiz) – 139 860 so‘m/Gkal;
▪️ byudjet tashkilotlariga – 952 797 so‘m/Gkal;
▪️ boshqa ulgurji xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarga (QQSsiz) – 342 296 so‘m/Gkal.
Ma’lumot uchun, narxlarning oshirilish foizi quyidagicha:
▪️ aholiga – 15 foiz (oldin 121 617 so‘m bo‘lgan);
▪️ yuridik shaxslarga – 40 foiz (oldin 244 497 so‘m bo‘lgan);
▪️ byudjet tashkilotlariga – 18,8 foiz (oldin 801 963 so‘m bo‘lgan).
“Tariflarni belgilashda O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 15-sentyabrdagi 475-son qarori talablariga rioya etilsin”, deyiladi Kengash qarorida.
Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi S.Turobjonov va Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari B.Haydarov zimmasiga yuklatilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q