O‘zbekistonda xonandalar daromad solig‘ini to‘lashni boshladi

Saqlash
09:36 / 25.08.2025 60 0

“Soliq” mobil ilovasining yangilangan versiyasiga qo‘shilgan yangi xizmatlar qatoriga “Konsert-tomosha faoliyati” xizmati ham biriktirilgan edi.

 

Ma’lumot uchun, ushbu xizmat orqali xonanda va ijrochilar uchun yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani to‘ldirish imkoniyati yaratilgan.

 

Soliq qo‘mitasining xabariga ko‘ra, xonanda va ijrochilar mazkur xizmat orqali konstitutsiyaviy burchi bo‘lgan – daromad solig‘ini to‘lash majburiyatini bajarmoqda.

 

Jarayon “O‘zbekkonsert” davlat muassasasining ma’lumotlar bazasi bilan soliq organlarining axborot tizimi integratsiya qilinishi natijasida soddalashtirilgan bo‘lib, “Konsert-tomosha faoliyati” bo‘yicha litsenziyaga ega bo‘lgan xonanda va ijrochilar “Soliq” mobil ilovasida shaxsini tasdiqlagach va Face-ID'dan o‘tgach, ushbu xizmatdan avtomatik tarzda foydalanishi mumkin bo‘ladi.

 

Qo‘mitaning ma’lum qilishicha, bugungi kunga qadar konsert-tomosha faoliyati litsenziyasiga ega bo‘lgan 1 954 nafar xonanda daromadlari to‘g‘risida soliq deklaratsiyasini taqdim etgan.

 

Quyida eng ko‘p deklaratsiya topshirgan TOP-5 ta hudud keltirilgan:

▪️ Xorazm viloyatida – 294 nafar;

▪️ Toshkent shahrida – 291 nafar.

▪️ Buxoro viloyatida – 212 nafar;

▪️ Samarqand viloyatida – 207 nafar;

▪️ Toshkent viloyatida – 157 nafar.

 

Endilikda Soliq qo‘mitasi tomonidan konsert-tomosha faoliyati vakillari o‘rtasida #mendeklaratsiyatopshirdim_challenge va #яподаюдекларатсию xeshteglari ostida chellendj boshlangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//