
Madaniyat
Kinematografiya agentligi buyurtmasi bilan “O‘zbekfilm” kinokonserni” DUK hamda Turkiya davlatining “KANGURU” tashkiloti hamkorligida suratga olingan kinorejissyor Yolqin To‘ychiyevning “Ulug‘ Amir va donna Mariya” tarixiy badiiy filmining maxsus premerasi Renessans kino uyida bo‘lib o‘tdi.
Premyeraga maxsus taklif qilingan mehmonlar va film ijodkorlari qatnashgan.
Xabarga ko‘ra, filmda Sohibqiron Amir Temurning Mojariston malikasi donna Mariyani Turk sultoni Boyazit Yildirim zulmidan ozod qilishi, buning ramziy ma’nosi sifatida butun Ispaniya ozodligi aks etgan.
“O‘ylashimcha Mariya hozirgacha o‘ynagan rollarim orasida eng muhim rol bo‘ldi. Bu rol yuragimda alohida o‘rin egallaydi. Sababi — onamning ismi ham Mariya. Shuning uchun, onamning ismi bilan atalgan qahramonni ijro etish men uchun qiziq va boshqacha tajriba bo‘ldi, ammo bundan ham muhimrog‘i rolning hayotiy va real inson qiyofasiga asoslanganligidadir. Filmda biz aslida ikki xil Mariyani ko‘ramiz. Ularni yaratish jarayoni men uchun nihoyatda hayajonli va qiziqarli bo‘ldi. Rejissyor menga hammasini tushuntirgandan keyin biz ikkisini birlashtiradigan bir olam yaratdik. Go‘yoki ikki xil ayol, ammo aslida ular bitta. Ular filmda keyinchalik bir-biriga duch keladi. Shu bois bu rol men uchun nihoyatda muhim. Shuningdek, o‘zbekistonlik ijodkorlar bilan bir safda rol ijro etganimdan juda xursandman. Ulardan ko‘p narsa o‘rgandim. Umid qilamanki, biz hamkorlikda hali ko‘p filmlarda suratga tushamiz”, deydi Mariya rolini ijro etgan braziliyalik aktrisa Jessika Mey.
Film voqealari ikki parallel yo‘nalishda rivojlanib boradi. Unda olis o‘tmish va zamonaviy hayot manzaralarining betakror tasvirlari bir birini tabiiy tarzda to‘ldiradi.
Ma’lumot uchun, kartinaning ssenariy muallifi — Xayriddin Sulton. Filmning badiiy rahbari esa Jahongir Qosimov.
Jamiyat
Madaniyat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q