Jamiyat
O‘zbekistonda ish beruvchilarga to‘siq bo‘layotgan ayrim javobgarlik choralari bekor qilinadi. Bu prezidentning “Mehnat munosabatlari va kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda ish beruvchilarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida ko‘zda tutilgan.
Hujjatga ko‘ra, quyidagilar mehnat munosabatlari va kasbga o‘qitish tizimini takomillashtirishning asosiy yo‘nalish va maqsadlari etib belgilandi, jumladan:
– xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi mehnatga oid munosabatlarning samarali, adolatli va o‘zaro manfaatli tizimini yaratish;
– ish beruvchilarning ehtiyojiga muvofiq ularni malakali kadrlar bilan ta’minlash tizimini joriy etish.
2025-yil 1-sentabrdan ish beruvchilar uchun belgilangan quyidagi talablar bekor qilinadi:
– bo‘sh ish o‘rinlariga bandlik organlari tomonidan yuboriladigan shaxslarni ishga qabul qilmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik;
– bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligi to‘g‘risidagi hisobotlarni majburiy taqdim etish.
Davlat mehnat inspektorlari tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruvlar haqida vakolatli organni oldindan xabardor qilish tartibi bekor qilinadi.
Xodimlari 50 nafargacha bo‘lgan ayrim ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlarga YMMTda biometrik identifikatsiya qilish orqali elektron mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilishni rasmiylashtirishga ruxsat beriladi.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
112460
Jamiyat
95126
Jamiyat
91371
Jamiyat
76046
Jamiyat
//
Izoh yo‘q