Dam olish kunlari havo bulutli bo‘ladi

Saqlash
13:12 / 22.08.2025 23 0

Dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.

 

23−24-avgust kunlari havo harorati +35…+37 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda +40 darajagacha bo‘ladi.

 

Dam olish kunlari respublika bo‘yicha nisbatan nam va biroz issiq bo‘lgan kuchsiz havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda. Respublikang katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Havo harorati 2−3 darajaga pasayadi.

 

Shamol 7−12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13−18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

 

Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3−8 m/s tezlikda esadi, 12−15 m/s gacha kuchayishi mumkin.

 

Harorat juma kunduzi +35…+37 daraja, yakshanba kuni +32…+35 daraja bo‘ladi, kechalari +20…+22 daraja bo‘ladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//