
Siyosat
Raqobat qo‘mitasi blogerlar Otabek Jo‘rayev hamda Abdurahmon Abdurahmonovni jarimaga tortdi. Blogerlarga qonunbuzarlik bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib sudga yuborildi. Bu haqda qo‘mita axborot xizmati xabar berdi.
Ular tegishli litsenziyaga ega bo‘lmagan va yuzlab odamlarni chuv tushirganlikda gumonlanayotgan “ADWorld Group” MChJni o‘z sahifalarida reklama qilishgan edi.
Xabarda keltirilishicha, xorijga viza olish va ishga jo‘natish bilan shug‘ullanuvchi subyektlar haqidagi reklama-axborotlar bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishlarda ijtimoiy tarmoqlardagi @iwash_tashkent sahifasini yurituvchi bloger O.Jo‘rayev hamda @abdurahmonmufid sahifasini yurituvchi bloger A.Abduraxmonovlar tomonidan “ADWorld Group” MChJ faoliyatiga oid xorijga ishga yuborish xizmatlari haqida reklama-axborotlarini joylashtirib, fuqarolarga konsalting xizmatlari emas, aynan xorijga ishlash uchun yuborish bo‘yicha xizmatlar bilan shug‘ullanib kelayotgani reklama qilingani aniqlandi.
“Reklama to‘g‘risida”gi qonuning 16-moddasida ishlab chiqarilishi va (yoki) realizatsiya qilinishi uchun tegishli sertifikatlari va litsenziyalari, majburiy sertifikatlashtirish guvohnomalari yoki maxsus ruxsatnomalari mavjud bo‘lmagan tovarlarni reklama qilish taqiqlangan. “ADWorld Group” MChJda tegishli litsenziya bo‘lmagan.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda o‘z bloglarini yurituvchi fuqarolar O.Jo‘rayev va A.Abduraxmonovlarga nisbatan qonun buzilish holati bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar rasmiylashtirilib, sudga yuborildi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q