Jamiyat
Endilikda bog‘cha qamrovi 70-80 foizdan past bo‘lgan 80 ta tumanda tadbirkorlarga yengillik beriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev 20-avgust kuni tadbirkorlar bilan o‘tkazayotgan ochiq muloqotida ma’lum qildi.
Avvalo, bu tumanlardagi bog‘cha va maktablarni bo‘sh yerlarida xususiy sheriklik asosida bog‘cha qurishga ruxsat beriladi. Bunda tadbirkorlardan yer uchun ijara haqi 30 yil davomida undirilmaydi, ularga davlat bog‘chasida har bir bolaga ko‘zda tutilgan xarajatning yarmi subsidiya qilib beriladi.
Ushbu tumanlardagi boshqa joylarda bog‘cha tashkil qilaman, degan tadbirkorlarga 7 yil muddatga 5 milliard so‘mgacha 18 foizli imtiyozli kredit ajratiladi, faoliyatini o‘zgartirmaslik sharti bilan yer tekinga beriladi, ularga ijtimoiy soliq 1 foiz bo‘ladi, tarbiyachilarining maoshi uch yilgacha to‘lab beriladi.
Ta’limda xususiy sektor uchun keng yo‘l ochib berilgani hisobiga oxirgi sakkiz yilda xususiy bog‘chalar soni 31 mingga, maktablar esa 645 taga yetgani ham ta’kidlandi.
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
111048
Jamiyat
94513
Jamiyat
90456
Jamiyat
74522
Jamiyat
//
Izoh yo‘q