
Jamiyat
Hukumat qarori bilan “Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim toifadagi oilalarni ichimlik suvi bilan taʼminlash xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risida"gi nizom tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yashovchi Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan xonadonlarga turar joyda artezian qudug‘i qazish hamda suv nasoslari va ichimlik suvi filtrlarini xarid qilib, o‘rnatish uchun subsidiya ajratiladi.
Subsidiya xarajatlarning 90 foizini ko‘pi bilan BHMning 30 baravari (12 mln 360 ming so‘m)dan oshmagan qismini qoplaydi. Bu ishlar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” tizimiga kiritilgan tadbirkorlar tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Buning uchun subsidiya oluvchi oilalarning voyaga yetgan aʼzosi yoki qonuniy vakili:
— “Inson” markazlariga borishi,
— yoki mahalladagi ijtimoiy xodimga murojaat qilishi mumkin.
— So‘rov tizimga yuborilgach, ishchi guruh qaror chiqaradi va natija avtomatik xabar tarzida yetkaziladi.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q