Jamiyat
Toshkent shahrida harakatlanuvchi 15 ta avtobus yoʻnalishiga oʻzgartirish kiritildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi xabar berdi.
Xususan, Kichik halqa yoʻlining Qatortol koʻchasidan Bunyodkor shox koʻchasigacha boʻlgan qismida kommunal xoʻjalik quvurlarini taʼmirlash ishlari olib borilayotganligi munosabati bilan ushbu manzil orqali harakatlanayotgan avtobus yoʻnalishlari harakatiga 2025-yil 18-avgust kunidan quyidagicha vaqtinchalik oʻzgartirishlar kiritiladi.

Bular:
- 8, 34, 70, 99, 113, 114, 125, 131, 134, 135, 139-sonli yoʻnalishlar harakati Qatortol, Mehr, Bunyodkor koʻchalari orqali bir tomonlama tashkil etiladi;
- 41, 48, 69, 116-sonli yoʻnalishlar harakati Qatortol-2, Bunyodkor koʻchalari orqali oʻzgartiriladi.
Vazirlik shuningdek, rekonstruksiya vaqtida koʻchalardagi tirbandlik ortishi mumkinligi, shunga koʻra, yoʻnalishlarga qoʻshimcha oʻzgartirishlar kiritilishi mumkinligidan ogohlantirgan.
Shuningdek, avtobuslarning harakat vaqti hamda oraliq vaqti rejadagidan uzoqroq boʻlishi mumkinligi qayd etilgan.
Siyosat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
112435
Jamiyat
95095
Jamiyat
91316
Jamiyat
76013
Jamiyat
//
Izoh yo‘q