Bu yil to‘lov-kontrakt summalari oshirilmaydigan bo‘ldi

Saqlash
14:27 / 18.08.2025 63 0

Joriy yilda to‘lov-kontrakt summalari oshirilmaydi. Bu haqida huquqshunos Xushnud Xudoyberdiyev xabar berdi.

 

“Bu masalada Oliy ta’lim vazirligining mas’ullari bilan bog‘landim, ular ushbu ma’lumotni tasdiqlashdi”, deb yozdi u o‘z sahifasida.

 

Xudoyberdiyevning ta’kidlashicha, tez orada talabalar uchun yangi o‘quv yiliga onlayn shartnoma olish boshlanadi. Shartnomada o‘tgan yili tasdiqlangan summalar aks etadi.

 

Ma’lumot uchun, o‘tgan o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari quyidagicha bo‘lgan:

 

 

Huquqshunos, shuningdek, ushbu jarayonni yuridik jihatdan ham sharhlagan.

 

Unga ko‘ra, o‘tgan yili to‘lov-kontraktlar miqdori haqidagi Davlat qabul komissiyasining qarori “2024-2025-o‘quv yilidan boshlab quyidagi miqdorlar tasdiqlansin” degan mazmunda chiqqan. Joriy yilda yangi miqdorlar tasdiqlanmaydi, demak, yuridik jihatdan o‘tgan yili tasdiqlangan miqdorlar amal qilishda davom etaveradi.

 

Moliyaviy mustaqillik berilgan oliygohlar esa to‘lov-kontrakt miqdorlarini oshirish yoki eskicha qoldirish masalasini o‘zi hal qiladi.

 

“Ammo katta ehtimol bilan ularda ham oshmasa kerak (agar 1-2 tasi istisno bo‘lmasa, albatta)”, deydi Xudoyberdiyev.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//