
Jamiyat
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida og‘ir hayotiy vaziyatda qolgan 100 dan ortiq O‘zbekiston fuqarosi yurtimizga olib kelinadi.
Xabarga ko‘ra, mazkur insonparvarlik ko‘magi O‘zbekistonda 30-iyuldan 30-avgustgacha e’lon qilingan “Vatanga qaytarish” loyihasi doirasida O‘zbekiston Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligi vakolatxonasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.
Aksiyasi doirasida fuqarolarga Vatanga qaytish sertifikatlari va aviachiptalar taqdim etilgan. Ular 18-avgust kuni O‘zbekistonga kuzatib qo‘yiladi.
Ma’lum bo‘lishicha, yana 33 nafar o‘zbekistonlikka, shu jumladan, Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazida bo‘lgan va og‘ir moddiy ahvolda qolgan vatandoshlarga moddiy yordam ko‘rsatilgan.
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q