O‘zbekiston va Qirg‘iziston pensiya stajini o‘zaro tan olish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Saqlash
10:09 / 18.08.2025 44 0

11-14 avgust kunlari Toshkent shahrida Pensiya jamg‘armasi rahbariyati va Qirg‘iziston Respublikasi Ijtimoiy jamg‘arma vakillari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

 

Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Qirg‘iziston pensiya ta’minoti tizimi, asosiy vazifa va maqsadlari, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida suhbatlashilgan.

 

Xabarga ko‘ra, muzokaralarda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘rtasida “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi va pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Bitim hamda uni amalga oshirish bo‘yicha Ma’muriy Kelishuv loyihalari muhokama qilingan va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olingan.

 

Tadbir so‘ngida kelgusida ham o‘zaro muloqotni davom ettirish, pensiya ta’minoti bo‘yicha o‘zaro tajriba almashish hamda uni amaliyotga qo‘llash bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

 

 

Qirg‘iziston ijtimoiy jamg‘armasi matbuot xizmatining xabar berishicha, bitimda quyidagilar nazarda tutilgan:

▪️ pensiyalarni tayinlash uchun sug‘urta stajini jamlash;

 

▪️ pensiyalarni yetkazib berish xarajatlarini ushlab qolmasdan, yashash mamlakatidan qat’i nazar, fuqarolarga to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘lash;

 

▪️ ikki tomonlama ajratmalardan qochish maqsadida xizmat safariga yuborish va muddatlarni uzaytirish bo‘yicha me’yorlar.

 

Bitimning asosiy maqsadi Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolarining sug‘urta va davlat pensiyalarini olishda teng huquqliligini ta’minlashdir.

 

Bundan tashqari, bitimda sug‘urta badallarini ikki marta to‘lashni istisno qilishga ham e’tibor qaratilgan.

 

#yakdilmintaqa

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//