Sardor Umrzoqovga yangi vazifa yuklatildi

Saqlash
09:37 / 18.08.2025 366 0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 14-avgustdagi farmoniga muvofiq, falastinlik bemorlar va ularga hamrohlik qiluvchilarni O‘zbekiston Respublikasida yashashga moslashtirish jarayoniga ko‘maklashish bo‘yicha Respublika komissiyasi tuziladi.

 

Mazkur farmonga qilingan 1-ilovaga ko‘ra, Prezidentning strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi, Sardor Umrzoqov Respublika komissiyasi raisi sifatida faoliyat yuritadi.

 

Shuningdek, ilovada komissiya tarkibi quyidagicha ko‘rsatilgan:

 

 

Ta’kidlanishicha, Respublika komissiyasi bir oy muddatda mehmonlar ehtiyojlari va imkoniyatlarini baholash orqali ularning jamiyatga integratsiyasini ta’minlash bo‘yicha har bir oila uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish rejalarini ishlab chiqib, tasdiqlaydi.

 

Bundan tashqari, quyidagilar Respublika komissiyasining asosiy faoliyat yo‘nalishlari etib belgilandi:

▪️ mehmonlarga yaratilgan imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish yuzasidan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish;

 

▪️ mehmonlarni hududlar kesimida joylashtirish hamda mazkur chora-tadbirlar bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal etish;

 

▪️ mehmonlarni jamiyatga integratsiya qilish bilan bog‘liq masalalarni muntazam ravishda muhokama qilish hamda bu boradagi mavjud to‘siqlarni bartaraf etish va muammolarni hal qilishga qaratilgan choralar ko‘rib borish;

 

▪️ mehmonlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qisqa va uzoq muddatlarga mo‘ljallangan takliflarni ishlab chiqish, joylarda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini monitoring qilish.

 

Ijtimoiy himoya milliy agentligi esa Respublika komissiyasining ishchi organi bo‘ladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//