Mahalliy hokimliklar talaba qizlarning kontraktini to‘lab beradi

Saqlash
15:42 / 16.08.2025 110 0

“Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qaroriga ko‘ra, har yili har bir viloyatdan jami 150 nafar xotin-qizning kontrakti to‘lab beriladi. Ularning 40 tasi 1-kurs, 100 tasi 2 va undan yuqori kurs bo‘lishi kerak.

 

Qarorga ko‘ra, quyidagi toifalarga kiruvchilarga shartnoma puli to‘lab beriladi:

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilalardagi xotin-qizlar;

 yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlar;

 boquvchisini yo‘qotgan (turmush o‘rtog‘i vafot etgan), voyaga yetmagan farzandlarni yolg‘iz tarbiyalayotgan ehtiyojmand ayollar.

 

 Shu toifaga kirsa ham, lekin:

 

 ikkinchi mutaxassislikda;

 O‘zbekistondagi xorijiy, xususiy OTMlarda o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakti to‘lab berilmaydi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//