Jamiyat
Farg‘ona viloyatidagi chegara-bojxona postlaridan birining boshlig‘i o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaroning Qirg‘iz Respublikasidan olib kelgan 80 dona "Iphone-16" rusumli uyali telefon apparatlarini tegishli rasmiylashtiruvlarsiz bojxona postidan noqonuniy o‘tkazib bergani evaziga 5000 AQSH dollari hamda 1 dona "Iphone-16 Pro" telefon apparati talab qiladi.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda bojxona organlari podpolkovnigi ushbu moddiy qiymatliklarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Hozirda mazkur mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
111048
Jamiyat
94513
Jamiyat
90456
Jamiyat
74523
Jamiyat
//
Izoh yo‘q