Ilm-fan
Soliq qo‘mitasining tegishli qarori bilan professional va oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish uchun to‘lanadigan mablag‘larga soliq bo‘yicha beriladigan imtiyoz tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi.
Endilikda oliy taʼlim muassasalari uchun kontrakt to‘lovi qilinganda farzandning yoshidan qatʼi nazar, 12 foizlik daromad solig‘idan imtiyoz beriladi.
Soliq kodeksiga muvofiq fuqarolarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlarining OTMlarda o‘zining, farzandlarining, shuningdek yigirma olti yoshga to‘lmagan er va xotinining yo‘naltiriladigan to‘lovlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinmaydi.
Shuningdek, o‘zining, farzandlarining yoki er va xotinining o‘qishi uchun mablag‘ to‘langanda soliq chegirmasi taʼlim oluvchiga, uning ota-onalariga hamda yigirma olti yoshga yetmagan rafiqasi yoki eriga beriladi.
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
109959
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73396
Jamiyat
//
Izoh yo‘q