
Jahon
15-avgust kuni Qozogʻiston poytaxti Ostona shahrida mamlakat prezidenti Qosim Joʻmart Toʻqayev va bosh vazir oʻrinbosari Yermek Kosherbayev ishtirokida Avgust konferensiyasining yalpi majlisi boshlandi, deb xabar beradi Inform.kz maʼlum qildi.
Bu yilgi tadbir “Bіlіm keleshegі: adal azamat, kәsіbi maman“ (Bilim kelajagi: adolatli fuqaro, professional mutaxassis) mavzusi asosida tashkillashtirilib, unda 1500 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashmoqda. Konferensiya yuksak maʼnaviyatli, kasbiy malaka va ijtimoiy masʼuliyatga ega, shu bilan birga, zamon talabiga javob beradigan shaxsning shakllantirishga yoʻnaltirilgan taʼlim tizimining buguni va kelajagini aniqlash maqsadida tashkil qilingan.
Konferensiya dasturi taʼlimda sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalarni joriy qilishga bagʻishlangan keng koʻlamli ekspozitsiyani ham oʻz ichiga olib, “Kelajak maktablari, “Abay nomidagi milliy maktab“, “Iqtidorli bolalar – yurt faxri“, “Taʼlimda raqamli yechimlar“ kabi tematik koʻrgazma zonalari ham tashkillashtirilgan. Ishtirokchilarga raqamli instrumentlar, interaktiv platformalar, moslashuvchan va samarali taʼlim jarayonini tashkil etish boʻyicha yangi yondashuvlarni koʻrsatuvchi uslubiy ishlanma va texnologiyalar taqdim etiladi.
Forum doirasida respublikaning barcha hududidan 3000 dan ortiq taʼlim sohasi vakillari ishtirokida 25 ta sessiya oʻtkazilishi koʻzda tutilgan. Konferensiya yakunlari boʻyicha oʻqituvchilarning maqomini oshirishga qaratilgan rezolyutsiya qabul qilinadi.
Maʼlumot uchun, Qozogʻistonda 1-sentyabrdan barcha taʼlim tashkilotlarida “Adal azamat” yagona taʼlim dasturi yoʻlga qoʻyilib, tarbiyaviy ishlar yangi formatga oʻtadi. 2025-yil oxirigacha “Qazaqstan balalarы“ yagona dasturi qabul qilinadi.
Ilm-fan
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q