Dam olish kunlari harorat nisbatan pasayishi kutilmoqda

Saqlash
15:25 / 15.08.2025 97 0

Juma va shanba kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan kam bulutli va nisbatan issiq ob-havo saqlanib turadi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.

 

Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida ayrim joylarda 16-avgust kuni kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati 15–16-avgust kunlari asosan +30…+35 daraja, janubda +38 darajagacha bo‘ladi.

 

Yakshanba kuni O‘zbekiston hududiga nisbatan salqin havo kirib kelishi kutilmoqda, havo harorati 2–3 darajaga pasayadi.

 

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida 17-avgust kuni ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

 

Shamol 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ayrim joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

 

Toshkent shahrida juma, shanba kunlari asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi, yakshanba kuni havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

 

Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi, 10–15 metr/soniyagacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

 

Harorat kechalari +19…+21 daraja, kunduz kunlari 15–16-avgustda +32…+35 daraja, 17-avgustda +28…+30 daraja bo‘ladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//