O‘zbekistonga olib kelingan falastinliklar uchun maxsus jamg‘arma tashkil etiladi

Saqlash
09:29 / 15.08.2025 99 0

O‘zbekistonga olib kelingan falastinlik fuqarolarga doimiy g‘amxo‘rlik va ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatilishi haqida Prezident farmoni e’lon qilindi. Ularga davlat g‘amxo‘rligi, mehr-shafqat tamoyillari asosida ko‘mak berish tizimini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmon imzolandi.

 

Hujjatga ko‘ra, nogironlikka olib keluvchi kasalliklarga chalingan mehmonlarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan davolanish muddatidan qat’i nazar nogironlikni belgilash choralari ko‘riladi.

 

Ikki hafta muddatda mehmonlarga zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa fuqarolarga beriladigan nafaqa (820 ming so‘m miqdorida) tayinlanishi ta’minlanadi.

 

Bundan tashqari, har bir mehnat yoshidagi mehmon (I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar bundan mustasno) uchun har oyda minimal iste’mol xarajatlari (669 ming so‘m) miqdorida yashash nafaqasi joriy etiladi.

 

Prezident farmoni bilan mehmonlarga nafaqa, ijara xarajatlari, bir martalik moddiy yordam, bolalar uchun bepul ta’lim va qo‘shimcha kasb-hunar kurslari taqdim etiladi. Sog‘liqni saqlash, ta’lim va bandlik sohalarida maxsus imtiyozlar beriladi. Maxsus jamg‘arma tashkil etilib, u xayriya, grantlar va boshqa manbalardan moliyalashtiriladi. Jamg‘arma mablag‘lari komissiya qarori bilan ochiq va tartibli sarflanadi.

 

Mehmonlarning har bir oilasiga yashash manzili bo‘yicha uy-joyning ijara xarajatlari qoplab beriladi. Ularga farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa (811 965 so‘m) hamda dafn etish uchun nafaqa to‘lovi (1 712 000 so‘m) O‘zbekiston fuqarolari uchun belgilangan miqdorda to‘lanadi.

 

Shuningdek, mehmonlarning har bir oilasiga birlamchi zaruriy vositalar (oilada ishlatiladigan nooziq-ovqat mahsulotlari to‘plami) xaridi uchun bir martalik ko‘tarma pul qo‘shimcha ravishda to‘lab beriladi.

 

Falastinliklarning oila a’zolariga shaxsiy hamrohlik qilish va individual ko‘mak ko‘rsatish, shuningdek, ularning ehtiyojlari va individual talablarini ro‘yobga chiqarish maqsadida bittadan mahalladagi ijtimoiy xodim biriktiriladi.

 

Shu farmon bilan O‘zbekistondagi falastinlik mehmonlarning farzandlari yashash joyi bo‘yicha davlat bog‘cha va maktablariga navbatsiz joylashtirilib, ularning moslashuvi yuzasidan doimiy monitoring o‘rnatiladi. Qo‘shimcha ta’lim xarajatlari 100% davlat hisobidan qoplanadi. Ulardan 2028-yil 1-yanvarigacha bog‘cha puli olinmaydi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi

Ilm-fan

21:00 / 18.08.2025 0 258
O‘zbekiston yoshlari Ginnes rekordini yangiladi

Jamiyat

16:48 / 18.08.2025 0 58
Prezident Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi

Jamiyat

12:47 / 18.08.2025 0 93
Hafta davomida harorat pasayadi

Ko‘p o‘qilgan

Barchasi
109340
72685

//