
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev 14-avgust kuni Oʻzbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Fransiya elchisi Oreliya Bushezni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari Fransiya elchisining samarali faoliyati hamda mamlakatlar oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlashga qoʻshgan shaxsiy hissasini alohida qayd etdi.
Oliy darajadagi oʻzaro tashriflar Oʻzbekiston-Fransiya hamkorligini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish, uning kun tartibini aniq mazmun bilan boyitishga xizmat qilgani taʼkidlandi. Keyingi yillarda tovar ayirboshlash 4 barobar koʻpaydi, Fransiyaning yetakchi kompaniya va tashkilotlari bilan umumiy qiymati 10 milliard dollardan ziyod loyihalar amalga oshirilmoqda.
Taʼlim, sogʻliqni saqlash va madaniy-gumanitar almashinuv sohalarida muhim dasturlar amalga oshirilmoqda. Luvr muzeyi va Arab dunyosi institutida koʻrgazmalar katta muvaffaqiyat bilan oʻtdi.
Parij shahri yaqinida Beruniy haykali ochildi. Fransiya poytaxtidagi koʻchaga Samarqand nomi berildi. Joriy yilda Toshkent shahrida Oʻzbekiston-Fransiya universiteti oʻz ishini boshlaydi.
Uchrashuv yakunida Oʻzbekiston prezidenti Fransiya favqulodda va muxtor elchisi Oreliya Bushezga mamlakatlar oʻrtasida doʻstlik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga qoʻshgan katta hissasi uchun “Doʻstlik” ordenini topshirdi.
Elchi uning diplomatik missiyasi yuksak baholangani hamda Oʻzbekiston va Fransiya oʻrtasidagi keng koʻlamli hamkorlikni rivojlantirishni har tomonlama qoʻllab-quvvatlayotgani uchun prezidentga samimiy minnatdorlik bildirdi.
Ilm-fan
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q