Yangi Toshkent metro liniyasi 2026-yil oxirigacha qurib bitkaziladi

Saqlash
16:11 / 14.08.2025 570 0

 

Yangi Toshkentda metro liniyasi 2026-yil oxiriga qadar qurib bitkazilishi rejalashtirilgan. Bu haqda “Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi” xabar qildi.

 

Maʼlum qilinishicha, metro liniyasi uzunligi 8 kilometr boʻlib, uchta bekatdan tashkil topadi va “Doʻstlik” bekatidan Yangi Toshkentgacha boʻlgan yoʻnalishning bir qismi boʻladi.

 

Loyiha qiymati 110 mln dollarga baholangan. Qurilish investori sifatida Turkiyaning Hvav Yapi Sanayi Ve Tic. A.S. kompaniyasi ishtirok etadi.

 

Shavkat Mirziyoyev 16-iyun kuni Yangi Toshkent shahriga metro yoʻli loyihasi bilan tanishgandi. U hozirgi “Doʻstlik” metro bekatidan boshlanib, yangi markazgacha borishi, uzunligi 21 kilometr, 9 ta bekatdan iborat boʻlishi kutilayotgan bu metro kuniga 230 minggacha yoʻlovchilarni qamrab ola bilishi maʼlum qilingandi.

 

Taqdimotda ushbu loyihalarning texnik-iqtisodiy jihatlari koʻrib chiqilgandi. Davlat rahbari qurilish sifati va madaniyatini oshirish, odamlarga qulay sharoitlar yaratish boʻyicha koʻrsatmalar bergan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi

Jamiyat

17:19 / 20.07.2026 0 97
Davlat stipendiyalari taqsimoti tasdiqlandi

Madaniyat

16:57 / 20.07.2026 0 181
Qaysi viloyatda kutubxonalar soni ko‘proq?

Jamiyat

15:03 / 20.07.2026 0 55
Umra vizasi tartibiga o‘zgartirish kiritildi

Ko‘p o‘qilgan

Barchasi
112685
76457

//