
Jamiyat
Toshkent shahrida tungi soat 22:00 dan ertalab 06:00 gacha harakatlanadigan avtobuslar yoʻlga qoʻyilishi mumkin. Bu haqda 12-avgust kuni xalq deputatlari shahar kengashining yigʻilishida Toshkent shahri transport va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi Allayor Norboʻtayev maʼlum qildi.
Norboʻtayevning qayd etishicha, bu prezidentning (2022-yilda qabul qilingan) 232-sonli qarorida koʻzda tutilgan.
Taklifga koʻra, avtobuslar aeroportlar, temiryoʻl vokzallari, metro bekatlari, tundagi turizm koʻchalari, savdo va koʻngilochar markazlar, yirik dehqon bozorlari, talabalar yotoqxonasi va shifoxonalar orqali harakatlanadi. Umumiy hisobda 15 ta yoʻnalish ikki bosqichda, oraliq intervali dastlab yarim soatni tashkil etgan holda tashkil etiladi.
Norboʻtayev chipta narxi kunduzgi bilan bir xil boʻlishini aytdi. Shuningdek, uning qoʻshimcha qilishicha, Turizm komissiyasi tomonidan narxni qimmatroq qilish boʻyicha takliflar boʻlgan.
“Transport boshqarmasi tomonidan buni bir xil qilish tarafdorimiz, chunki kechqurun faqat puli bor odam yurmaydi. Puli yoʻq odamlar ham, masalan, shifoxonaga borishi kerak boʻlib qoladi yoki oilasi bilan kechki sayrga chiqishadi. Oʻsha paytlarda oʻzining avtomobilidan voz kechgan holda kechqurun 22:00 dan, yaʼni oʻsha paytda metro hali harakatda boʻladi, ertalabki oltigacha qatnashi mumkin”, – dedi Norboʻtayev.
Uning taʼkidlashicha Toshkent shahri hokimiyatidan avtobuslarni alohida qizil rangga boʻyash taklifi boʻlgan. Avtobus yoʻnalishlari raqamlari ham T1, T2, yaʼni “tungi avtobus” sifatida belgilanadi.
“15 ta yoʻnalishda 54 ta avtobus harakatlanadi. Oʻsha yoʻnalishdagi tushumni hisoblamasak, oʻrtacha 33 milliard soʻm mahalliy budjetga yuklama tushadi”, — dedi Allayor Norboʻtayev.
Tungi avtobuslarni tashkil etish taklifi prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi tomonidan tungi iqtisodiyotni rivojlantirish konsepsiyasi loyihasida ham aks etgandi. Loyihada tungi vaqtda ishlaydigan xizmatlar, madaniy tadbirlar va jamoat transporti haqida maʼlumot beruvchi mobil ilovalarni ishlab chiqish ham koʻzda tutilgandi.
Ilm-fan
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q