
Jahon
Starlink 13-avgust kuni Qozogʻistonda sunʻiy yoʻldosh internet xizmatlarini rasman ishga tushirdi.
“Bu mamlakat aholisiga SpaceXʻning past orbitali sunʻiy yoʻldosh tarmogʻi orqali yuqori tezlikdagi va barqaror internetga ulanish imkonini beradi”, deya xabar berdi Qozogʻiston Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vazirligi. SpaceX bosh direktori Ilon Mask ham Starlink Qozogʻistonda faoliyat boshlaganini tasdiqladi.
“Biz bir yil davomida Starlink va davlat idoralari hamda nazorat qiluvchi organlarning pozitsiyalarini bir-biriga yaqinlashtirish boʻyicha muzokaralar olib bordik. Bugun Starlink Qozogʻistonni oʻzining rasmiy mavjudlik xaritasiga qoʻshdi”, deb yozdi Raqamli rivojlanish vazirligi rahbari Jaslan Madiyev X tarmogʻida.
Iyun oyida Raqamli rivojlanish vazirligi xizmat koʻrsatishda Qozogʻiston qonunchiligiga rioya qilish boʻyicha Starlink bilan shartnoma imzolagandi.
Kompaniya saytidagi narxlarga koʻra, Starlink foydalanuvchi terminali 104 ming tengedan (taxminan 193 dollar) 201 ming tengegacha (taxminan 373 dollar) turadi. Cheksiz uy tariflarining narxi oyiga 23 ming tengedan (taxminan 42 dollar) 31 ming tengegachani (taxminan 57 dollar) tashkil qiladi.
Starlink rasmiy maʻlumotlariga koʻra, sunʻiy yoʻldosh interneti Qirgʻizistonda 2025-yil oxirigacha, Oʻzbekiston, Tojikiston va Turkmanistonda esa 2026-yilda ishga tushirilishi kutilmoqda.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q