
Ilm-fan
Jahon kosmik maydonidagi eng yirik xalqaro anjumanlardan biri boʻlgan International Astronautical Congress (IAC) har yili butun dunyodan 10 mingga yaqin kosmos sanoati yetakchilari, sohada ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan yetakchi kompaniya va agentliklar vakillarini bir muloqot platformasi atrofida jamlaydi.
Mazkur yirik miqyosdagi global ilmiy-texnologik xalqaro konferensiyaning ahamiyatli jihati shundaki, u orqali mezbonlik qilayotgan mamlakatga bir vaqtning oʻzida istiqbolli investorlar ham kirib keladi. Ayni shu maqsadda Uzcosmos vakillari IAC-2028ʻni Samarqandda oʻtkazish taklifi bilan Oʻzbekiston nomzodini ilgari surdi.
Bu orqali xorijiy kompaniya va agentliklarni mamlakatda ilmiy markazlar, inkubatorlar, texnoparklar qurishga jalb etish, qoʻshma tadqiqotlarda ishtirok etishga qiziqtirish, yangi startaplarni namoyish etish imkoniyati paydo boʻladi.
Ushbu nufuzli tadbirni Oʻzbekistonda oʻtkazish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish maqsadida Xalqaro astronavtika federatsiyasi ijrochi direktori Kristian Fayxtinger Samarqand va Toshkent shahrida tekshiruv – kuzatuv ishlarini olib borib, kongressni qabul qilishga tayyorlik darajasi, moddiy-texnik baza, transport va mehmonxona infratuzilmasi, xavfsizlik, ijtimoiy tadbirlarni tashkil etish hududlari bilan yaqindan tanishdi, vazirlik va idoralar masʻullari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.
Xalqaro astronavtika kongressining mezboni boʻlish – nafaqat ilmiy salohiyatni namoyish etish, balki investitsiyalar, texnologiyalar va xalqaro hamkorliklarni jalb qilishda strategik imkoniyat ham hisoblanadi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q