Ilm-fan
Oʻzbekistonning Ispaniyadagi elchisi Farrux Tursunov Ispaniya Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Xalqaro hamkorlik boʻyicha Ispaniya agentligining (AECID) “Felix Maria Pareja” islom kutubxonasi direktori Luisa Mara bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlikning Dunyo nashri xabar berdi.
Muloqot chogʻida hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlarini muhokama qilindi hamda axborot va kitob fondlari almashinuvi sohasida kelishuvga erishildi.
Oʻzbek va ispan tillaridagi kitob fondlarini raqamlashtirish, qoʻshma seminarlar, mahorat darslari va boshqa maʻrifiy-madaniy tadbirlar tashkil etishda koʻmak koʻrsatish taklif etildi.
AECID Islom kutubxonasi va Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandumni imzolash tashabbusiga alohida eʻtibor qaratildi.
Oʻzbekiston elchixonasi nomidan kutubxonaga “Temur tuzuklari” va “Sharq xattotligi va miniatyura sanʻati namunalari” kitoblari sovgʻa qilindi. Oʻz navbatida, Luisa Mara kutubxonada saqlanayotgan Oʻzbekiston tarixi va madaniy merosiga oid kitoblarni elchiga taqdim etdi.
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Ilm-fan
112747
Jamiyat
95424
Jamiyat
92213
Jamiyat
76544
Jamiyat
//
Izoh yo‘q