Jamiyat
O‘zbekistonda birinchi marta murakkab hisoblangan operatsiya amalga oshirildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi bolalar kardiojarrohi Bobur To‘rayev 6 yoshli bolaning zararlangan uch tabaqali klapanini olib tashlab, o‘rniga yurakning o‘ng bo‘lmachasi quloqchasidan klapan yasash amaliyoti amalga oshirdi.
Texnologik jihatdan murakkab hisoblangan ushbu jarrohlik amaliyoti mamlakatimizda birinchi bor o‘tkazilishidan tashqari, rivojlangan tibbiyot markazlaridagina bajarilishi bilan ahamiyatlidir.
Bobur To‘rayev 2018—2019-yillarda “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiati sifatida Buyuk Britaniyaning University College London universiteti magistratura bosqichida ta’lim olgan. U 10 ga yaqin rivojlangan davlatlar klinikalarida malaka oshirgan va 20 ga yaqin ilmiy maqolalar muallifi sanaladi. Yosh bo‘lishiga qaramay, ming nafardan ortiq bemor bolalarda yurak operatsiyalarini muvaffaqiyatli bajargan.
.png)
Siyosat
Sport
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
111657
Jamiyat
94646
Jamiyat
90636
Jamiyat
75157
Jamiyat
//
Izoh yo‘q