Soliq qo‘mitasi tadbirkorlardan “texnik xatolik” sabab katta miqdorda pul yechib oldi

Saqlash
12:02 / 13.08.2025 77 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Soliq qo‘mitasi tadbirkorlardan asossiz ravishda mablag‘lar yechib olingani haqidagi xabarlar paydo bo‘ldi. Tadbirkorlar murojaatiga ko‘ra, bu summa 6 trillion so‘mga yaqin bo‘lishi mumkin. Soliq qo‘mitasi holatga rasmiy munosabat bildirdi

 

“Bizdan 200 million atrofida noqonuniy pul yechib olishdi, o‘zim auditorman, hamma tashkilotlarda shu ahvol”, deb yozdi murojaatchilardan biri.

 

Soliq qo‘mitasi rasmiy bayonot bilan chiqib, asossiz pul yechish holatini tasdiqladi hamda “vaziyat nazoratga olinganini” bildirdi.

 

“Tizimdagi texnik nosozlik sababli solishtirma dalolatnoma bo‘yicha vaqtincha noto‘g‘ri ma’lumotlar (soliq qarzdorligi paydo bo‘lishi, mablag‘ yechib olinishi va hokazo) aks etishi mumkin. Vaziyat nazoratga olingan. Hozirda mutaxassislar mazkur muammoni bartaraf etish ustida ishlamoqda. Nosozliklar bartaraf etilgach, barcha ma’lumotlar tiklanadi, noto‘g‘ri yechilgan mablag‘lar qaytariladi”, deyiladi bayonotda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//